OAV: Xitoyda 38,5 mlrd dollarlik byudjyet mablag‘lari o‘z maqsadi bo‘yicha sarflanmagani aniqlandi

Iqtisodiyot 10:00 / 29.12.2015 3139

Xitoyning nazorat-taftish boshqarmasi davlat idoralarida o‘tkazgan auditorlik tekshiruvlari natijasida 250 mlrd yuandan (38,5 mlrd dollar atrofida) ko‘proq byudjyet mablag‘lari noo‘rin sarflanganini aniqladi. Bu haqda Global Times gazetasi ma'lum qildi.

Nazorat-taftish boshqarmasi boshlig‘i Lyu Tszyaining aytishicha, uning boshqarmasi 20 mingdan ko‘proq amaldor shaxsga nisbatan tekshiruv o‘tkazgan va 250 mlrd yuan noo‘rin ishlatilganini aniqlagan. 321 nafar rasmiy shaxsga nisbatan tekshiruv materiallari sud idoralariga hamda Xitoy Kompartiyasi markaziy komissiyasiga intizomni tekshirish uchun topshirilgan.

Avvalroq Xinhua agentligi joriy yilning yanvaridan noyabrigacha davlat kompaniyalari va institutlarini tekshirish davomida auditorlar Xitoy byudjyetiga 58,6 mlrd dollarni qaytarishga muvaffaq bo‘lishganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: