Birjada yilning eng yaxshi broker va tovar yetkazib beruvchilari taqdirlandi

Iqtisodiyot 19:11 / 29.12.2015 4519

28 dekabr kuni Yangi yil bayrami arafasida “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJda 2015 yilning davlat va korporativ xaridlarda eng yaxshi brokerlik idoralari hamda tovar yetkazib beruvchilarini turli nominatsiyalar bo‘yicha tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
”O‘zRTXB”AJ matbuot xizmatining xabar qilishicha, tadbirda 10 brokerlik idorasining birja faoliyatini rivojlantirishdagi faol ishtiroki alohida qayd etildi. Jumladan, Farg‘ona viloyatidagi– BK №8561, Namangan viloyatidagi– BK №9103, Andijon viloyatidagi– BK №10062, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatlaridagi – BK №709, №455 brokerlik idoralari «Birja savdolari sohasidagi xizmatlari uchun» mukofotlari bilan taqdirlandi. Ularning faol ishtiroklari bois birja savdolari yangi turdagi tovarlar bilan boyitildi.
2015 yil yakunlariga ko‘ra yarmarka savdolari tizimida eng yuqori bahoda bitimlar tuzishga erishganliklari uchun Qashqadaryo viloyatidagi – BK №4045, №4111, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi – BK №427, №475, №2 brokerlik idoralari «Onlayn savdolarini rivojlantirishda erishgan yutuqlari uchun» mukofotlandilar.
Tantananing asosini tadbirkorlarga «2015 yilning eng yaxshi mahsulot yetkazib beruvchisi» nominatsiyasi bo‘yicha mukofotlarni topshirish marosimi tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda besh nafar ta'minotchilar, ya'ni «Yokubjon Sunnat o‘g‘li» MChJ, «Etalon Sangzor» QK, «Technogen» MChJ, «Stand trade» va «Power Max Group» MChJlari mukofotga loyiq deb topildilar. Yil davomida ushbu korxonalar davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha auksion savdolarida faol ishtirok etib, tuzilgan bitimlar yuzasidan o‘z majburiyatlarini sifatli va vaqtida bajarganliklari alohida ta'kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: