Rossiya Saudiya Arabistonini neft bozorini beqarorlashtirishda aybladi

Iqtisodiyot 20:33 / 28.12.2015 4300

Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak Saudiya Arabistonini neft qazib olish hajmini bir kunda 1,5 million barrelga qadar oshirish orqali ushbu mahsulot bozorini beqarorlashtirishda aybladi. Novak o‘z fikrlarini «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Saudiya Arabistoni bu yilda neft qazib olish hajmini kuniga 1,5 million barrelga qadar oshirib, neft bozorini beqarorlashtirdi”, - dedi Novak.

Shu bilan birga, Novak 2016 yilda talab va taklif o‘rtasida muvozanat nuqtasi topilishini bashorat qildi. Vazir, shuningdek, neft bozoriga Eronning sanksiyalar olib tashlanganidan so‘ng chiqib kelishi ham narxlarga ta'sir ko‘rsatishini aytib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: