Luizianada politsiya avtomobili boyo‘g‘li hujumidan keyin yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urildi

Iqtisodiyot 09:56 / 27.12.2015 3016

Politsiya xodimi Lans Benjamin AQShning Luiziana shtatidagi Kovington shahri ko‘chalarini nazorat qilayotganda uning mashinasi ichiga ochiq oyna orqali boyo‘g‘li uchib kirgan, deb xabar bermoqda WVUE telekanali.

Boyo‘g‘li politsiyachini tirnay va cho‘qiy boshlagan. Oqibatda politsiyachi avtomobil boshqaruvini qo‘ldan chiqargan va mashina yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan. Politsiyachi mashina eshigini ochgandagina qush undan uchib chiqib ketgan.

Ta'kidlanishicha, politsiyachi kichik jarohatlar olgan va tibbiy ko‘rikdan keyin o‘z navbatchiligiga qaytgan.

Politsiya boshlig‘ining aytishicha, u bu voqea tafsilotlaridan xabar topgach, buni qo‘pol hazil deb o‘ylagan.

Ko‘proq yangiliklar: