Rossiya Sberbanki rahbari rubl kursining yanada tushishini bashorat qildi

Iqtisodiyot 17:20 / 25.12.2015 4691

2016 yilda Rossiya milliy valyutasining kursi tushishda davom etadi. Bu haqda Sberbank rahbari German Gref “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Aytish mumkinki, yaqin oylarda neft narxi plyus-minus 10 foiz atrofida o‘zgarib turadi”, - dedi u.

U neft narxi AQSh federal zaxira tizimining siyosatiga bog‘liq ekanligini tan oldi.
“Uning siyosati esa qattiqlashib boradi, - so‘zida davom etdi iqtisodiyotchi. – Bu degani, eng yirik derivativ bozor bo‘lmish neft bozoridan dollar keta boshlaydi. Bu degani, monetar holat nuqtai nazaridan neft narxi tushishi kerak, bu mutlaq korrelyatsiyadir va o‘z-o‘zidan rubl kursi ham tushib boradi”.

25 dekabr holatiga ko‘ra birjada 1 dollar 70.33 rublga, 1 yevro 77.02 rublga teng. Rasmiy kurslar, tegishlicha, 69.52 va 76.04 rubl. Brent neftining bir barreli 37.92 dollarga sotilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: