Yaponiya hukumati 2016 yil uchun rekord darajadagi byudjyet loyihasini tasdiqladi

Iqtisodiyot 16:09 / 24.12.2015 4422

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi 24 dekabr kuni 2016-2017 moliyaviy yil (2016 yil 1 apreldan boshlanadi) uchun rekord darajadagi 96,72 trillion iyendan iborat (qariyb 796 mlrd dollar) byudjyeti loyihasini tasdiqladi.

Byudjyet loyihasi doirasida rasmiy Tokio so‘nggi 17 yilda xorijiy mamlakatlarga yordam miqdorini amaldagi 551,9 milliard iyendan (qariyb 4,6 mlrd dollar) 1,8 foizga ko‘proqqa oshirmoqda.

Kiodo agentligi xabariga ko‘ra, yordamni oshirish Yaponiya bilan texnik hamkorlik qilayotgan va subsidiya yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama tuzilgan dastur doirasidagi davlatlar hisobiga amalga oshirilmoqda.

Harbiy xarajatlar 2016-2017 moliyaviy yil uchun birinchi bor amaldagi 5 trillion iyendan 5,05 trillion iyenga (qariyb 41,7 mlrd dollar) oshirilmoqda.

Eng ko‘p byudjyetdan harajat qilinadigan yo‘nalish bu – ijtimoiy ehtiyojlar, jumladan, aholining tez qarishi muammosini oldini olish va tug‘ish darajasining pastligi masalalaridir. Ushbu maqsadlar uchun qariyb 31,97 trillion iyen (264 mlrd dollar) ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagandan so‘ng byudjyet loyihasi parlament ko‘rib chiqishi uchun yuboriladi. Ushbu jarayon 2016 yilning 4 yanvaridan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: