Nexia va Gentra Qozog‘istonda noyabrda eng ko‘p sotilgan avtomobillar bo‘ldi

Iqtisodiyot 19:38 / 24.12.2015 9077

O‘zbekistonlik avtomobilsozlar joriy yilning noyabr oyi natijalariga ko‘ra Qozog‘istonda 895 ta avtomobil sotishdi va avtomobillar savdosi bo‘yicha yetakchi o‘ntalikning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib olishdi.

“O‘zbek avtomobillari muvaffaqiyatining siri juda oddiy: milliy valyutaning beqarorligiga qaramasdan, rahbariyatning “Neksiya” va “Gentra”larga narxlarni avvalgi darajada saqlab qolish qarori bu avtomobillarga bildirilayotgan taklifni yanada jalb qiluvchi qildi. GM Uzbekistan kompaniyasida ma'lum qilinishicha, distribyutor dekabrda ham qarorini o‘zgartirmadi va 23 dekabr holatiga ko‘ra bu oy ham muvaffaqiyatli bo‘ldi, deb hisoblanmoqda”, deb xabar bermoqda kolesa.kz nashri.

Quyida qozog‘istonliklar mamlakat avtosalonlarida noyabrda sotib olgan avtomobillar yetakchi o‘ntaligi keltirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: