Ispaniya kompaniyasi O‘zbekistonda zavod quradi

Iqtisodiyot 11:15 / 24.12.2015 14051

Ispaniyaning eng yirik injiniring kompaniyasi Intecsa Ingenieria hamda «O‘zkimyosanoat» o‘rtasida O‘zbekistonda murakkab o‘g‘itlar va oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurish to‘g‘risida bitim tuzildi.

Loyiha qiymati 500 mln dollarga teng korxonaning qurilishi Intecsa Ingenieria, «O‘zkimyosanoat» va xorijiy banklarning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.

Zavod yiliga 288 mln tonnagacha monoammoniy fosfat va yiliga qariyb 650 mln tonna oltingugurt kislotasini ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Qurilish ishlari 2019 yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi telegraf.uz.

1965 yilda asos solingan Intecsa Ingenieria kompaniyasi sanoat maydonchalari uchun tayyor loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xalqaro yetakchi sanaladi. Kompaniya hisobida barcha mintaqalardagi 35ta davlatda amalga oshirilgan 400dan ortiq loyiha mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: