Polsha Ukrainaga 1 mlrd yevro miqdorida kredit ajratish loyihasini tasdiqladi

Iqtisodiyot 17:18 / 22.12.2015 1856

Ukraina va Polsha milliy banklari Ukraina uchun 1 mlrd dollar miqdorida kredit ajratish borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda Ukrainaning Varshavadagi elchisi Andreya Deshchitsuga asoslangan holda UNN agentligi xabar tarqatdi.

"Diplomatiya kunida Ukraina Milliy banki va Polsha Respublikasi Milliy banki o‘rtasida 1 mlrd yevrolik kredit liniyasini ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi va bu barcha uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi", deyilgan xabarda.

15 dekabr kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Polsha Ukrainaga 1 mlrd yevro kredit taqdim etishi haqida xabar qilgandi.

Bu mablag‘ Ukrainaning ayrim kreditlarini va byudjyet taqchilligini yopishga sarflanishi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: