Angren IESida 2016 yil oxirida yangi energoblok ishga tushadi

Iqtisodiyot 19:48 / 22.12.2015 3979

Harbin Electric International Company kompaniyasining mutaxassisilari 2016 yil oxirigacha Angren IESida yangi energoblok ishga tushirishga tayyor. Bu haqda “O‘zbekenergo” vakiliga asoslanib, Sputnik agentligi xabar bergan.

Manbaning aytishicha, hozirda ishlar kerakli asbob-uskunani O‘zbekistonga olib kelish bosqichida. Bir vaqtning o‘zida elektrostansiyada yangi korpuslar qurilishi amalga oshirilmoqda.

“Quvvati 150MVt bo‘lgan yangi energoblokning qiziqarli tomoni shundaki, u sifati past bo‘lgan ko‘p kulli ko‘mir yordamida ishlaydi. Bunday ko‘mirning katta zaxiralari “Angren” ko‘mir konida to‘planib qolgan. Bunday texnologiya juda kam ishlatiladi va bor yo‘g‘i dunyoda 30 elektrostansiya bor”, — dedi mutaxassis.

Narxi 226 million dollar bo‘lgan energoblok qurilishi bo‘yicha shartnoma Harbin Electric International Company kompaniyasi bilan hamkorlikda 2012 yilda tuzilgan edi. Umumiy qiymati 242 million bo‘lgan loyihaga Xitoyning Eksimbanki tomonidan 165,6 million dollar va “O‘zbekenergoning xususiy mablag‘lari hisobidan 75,1 million dollar sarmoya ajratilgan.

Yangi energoblok ishga tushirilishi, texnologik va ko‘p energiya talab qiladigan “Angren” erkin savdo zonasini elektr energiyasi bilan ta'minlashga yordam beradi. Har yili stansiyada 1 million tonnaga yaqin past sifatli ko‘p kulli ko‘mir yoqiladi. Yangi energoblok IES quvvatini 2 baravardan ziyodga oshiradi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda yilida 4,5 mln tonna ko‘mir qazib olinadi. Uning 85 foizi asosiy iste'molchisi respublika issiqlik elektr stansiyalari hisoblanadi.

Angren IESi 1957 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning quvvati 484 MVt ni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: