2015 yilda Farg‘onada 208 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi

Iqtisodiyot 18:55 / 22.12.2015 2225

Viloyatda 2015 yilning to‘qqiz oyida 36,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 208 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobidan 10 million dollar miqdorida shartli valyuta zaxirasini tejashga erishildi, deb yozadi O‘zA.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida 26 korxonaga 327 million so‘mlik soliq imtiyozi qo‘llanildi.

2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, viloyatda mahalliylashtirish uchun taklif qilinayotgan 162 turdagi hamda umuman yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha 13 korxonada 19 loyiha shakllantirildi. Ayni paytda mazkur korxonalar bilan birgalikda loyiha pasportlari tayyorlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: