Demografik omil Osiyo iqtisodiyotining o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi

Iqtisodiyot 15:25 / 19.12.2015 3985

Fond birjalaridagi tebranishlar, iqtisodiy o‘sishning susayishi, xomashyo tovarlari narxining pastligi Sharqiy Osiyo davlatlariga ta'sir ko‘rsatadigan jiddiy muammo bo‘lmadi. Ammo 2040 yilga kelib bu davlatlar mehnatga layoqatli aholisining 15 foizini yo‘qotadi, deb yozadi “Vesti Ekonomiki” nashri.

Jahon bankining hisobotida aytilishicha, qarish va tug‘ilish darajasining tushib ketishi oqibatida bugungi kunda dunyo aholisining 36 foizi Sharqiy Osiyoda yashamoqda.
Sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy o‘sish oxirgi o‘n yilliklarda keskin sakrashlar bilan kuzatilmoqda. Daromadning yuqoriligi oliy ta'lim olgan odamlarning ko‘pligiga, hayot davomiyligining ko‘tarilishi va tug‘ilish miqdorining kamayishiga olib kelmoqda.

Bu, shuningdek, oilaviy ko‘chishlar va ijtimoiy qadriyatlarning o‘zgarishiga sababchi bo‘lmoqda. Hisobotning asosiy muallifi Filipp O’Kif CNBC telekanaliga bergan intervyusida qarish muammosini ko‘rib chiqqanda faqat bugungi kunda keksaygan aholini emas, boshqa omillarni ham inobatga olish lozim, degan xulosaga kelgan. Sharqiy Osiyo mehnat bozorida yaqin o‘n yilliklarda kelib chiqadigan muammolarni hal qilish uchun pensiya tizimini isloh qilish, ayollarni mehnatga jalb qilish, tibbiyotni davolashdan profilaktikaga o‘tkazish taklif qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: