AQSh 2016 yilda Ukrainaga 658 mln dollar yo‘naltiradi

Iqtisodiyot 21:21 / 19.12.2015 2394

AQSh 2016 yilda Ukrainaga 658 mln dollar yo‘naltiradi, deb xabar bermoqda UNIAN.
Ushbu qaror AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan imzolangan 2016 yilgi davlat byudjyetida ko‘rsatib o‘tilgan.
Ukrainaga birinchi 513,5 mln dollar, yakunda esa 145 mln dollar beriladi.

“AQSh Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi hamkorlikda ajratayotgan ushbu mablag‘ harbiy yordam va Ukraina xavfsizligini ta'minlovchi dastur uchun, 300 mln dollarni esa Ukraina milliy mudofaasini ta'minlash byudjyetiga sarflanish mumkin”, — deyiladi AQShdagi Ukraina matbuot xizmati ma'lumotida.
Elchixonada, shuningdek, Amerika neftiga bo‘lgan taqiqning olib tashlanishi muhimligi, shu bilan birga, bu Ukraining Rossiya manbalariga qaram bo‘lib qolmasligining oldini olishi haqida gapirildi.

Ko‘proq yangiliklar: