Rossiyada dollarning kursi yangi rekord o‘rnatdi

Iqtisodiyot 15:40 / 18.12.2015 17862

Moskva birjasidagi juma kungi savdolar boshlanishida rublning dollarga nisbatan qiymatidagi farqi avgustdan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan.

Rossiya Markaziy banki ma'lumolariga ko‘ra, 1 AQSh dollari 74,1 kopeykaga qimmatlashib, 71,32 rublni tashkil etgan.

1 yevro esa 72,6 kopeykaga qimmatlashib, 77,41 rublga baholangan.

Bivalyuta korzinasining narxi 73,4 rubldan 74,0592 rublgacha o‘sgan.

Mazkur holat neft narxining tushib borishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Bundan oldinroq, dollarning rasmiy kursi 1998 yildagi maksimumni yangilagani xabar qilingandi.

Rossiya banki 16 dekabr kuni dollarning rasmiy kursini 70,8295 rubl etib belgilagandi.

Bugungi narxlar esa 1998 yildan beri ikkinchi marta maksimumning yangilanishi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: