Jahon banki Misrga 1 mlrd dollar miqdorida yordam mablag‘i ajratadi

Iqtisodiyot 12:44 / 18.12.2015 1729

Jahon banki Misrga 1 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda 18 dekabr kuni tashkilot saytida ma'lum qilindi.

Aniqlik kiritilishicha, bu orqali Misrning moliyaviy muammolarini bartaraf etish, og‘ir iqtisodiy vaziyatdan chiqish hamda mamlakatda ta'lim tizimini yaxshilash nazarda tutilgan. Shuningdek, bu mablag‘lar orqali mamlakatda iqtisodiy islohotlar amalga oshirish rejalashtirilgan.

Misrga taqdim etilgan bu yordam shu yilning oktabrida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga Jahon bankining strategik ko‘mak berishi bo‘yicha qabul qilgan dasturi doirasida amalga oshirilgan.
Bundan oldinroq, Jahon banki Iroqqa 1,2 mlrd dollar miqdorida yordam mablag‘i berishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: