XVJ direktorlar kengashi Ukrainaning Rossiya oldidagi qarzini suveren deb tan oldi

Iqtisodiyot 09:17 / 17.12.2015 4963

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktorlar kengashi Rossiya tomonidan Ukrainaga 2013 yil dekabrda taqdim qilingan qarzni suveren qarz deb tan oldi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu qaror XVJning Vashingtondagi bosh qarorgohida ish kuni yakunlangandan keyin, bungacha hech qanday e'tirozlar kelish tushmagani sababli 16 dekabr kechki paytdan avtomatik ravishda kuchga kirdi.

Avvalroq Rossiya moliya vazirligi XVJdan Ukrainaning Rossiya oldidagi 3 mlrd dollarlik qarzining tan olinishini kutayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: