Qirg‘izistonda pinhona iqtisodiyot hajmi 2-2,5 milliard dollarni tashkil etadi

Iqtisodiyot 20:22 / 17.12.2015 2635

Qirg‘izistonda pinhona (soyadagi) iqtisodiyot hajmi 2-2,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bunday raqamlar 17 dekabr kuni mamlakat parlamenti - Jogorku Keneshda bo‘lib o‘tgan “Respublika – Ata Jurt” fraksiyasi deputati Ruslan Kazakbayev tomonidan ma'lum qilindi.

U hukumat diqqatini mamlakatda poraxo‘rlikka qarshi kurashni moliyalashtirishga qariyb e'tibor qaratilmayotganiga yo‘naltirmoqchi bo‘ldi. “Mazkur kurashda axboriy tarkib ham o‘rin olgan bo‘lib, kelgusi avlodlarga korrupsiya – davlat taraqqiyotining dushmani ekanini tushuntirish kerak”, - deya qayd etdi parlamentariy.

Ruslan Kazakbayev Qirg‘iziston MXDQning Aksilkorrupsiya xizmati xodimlarining qay darajada moliyalashtirilishi masalasini ko‘tarib chiqdi. “Agarda oylik ish haqi past bo‘lsa, ularda turar-joy bo‘lmasa, qanday qilib poraxo‘rlikka qarshi kurashish mumkin?” – qo‘shimcha qildi u.

Ko‘proq yangiliklar: