Tojikistonda 10 oyda 22 ming tadbirkor o‘z biznesini to‘xtatdi

Iqtisodiyot 10:11 / 16.12.2015 5231

Tojikistonda 2015 yilning 10 oyi davomida 22,5 mingdan ziyod yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat Soliq qo‘mitasi ma'lumotiga asoslangan holda News.tj xabar bermoqda.
Jumladan, 18,2 ming kishi o‘z patentini topshirgan bo‘lsa, 4,2 mingdan ziyodi tegishli organlarga tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi guvohnomasini qaytarib bergan. Soliq mahkamasi kichik biznes sohasidagi bu kabi ro‘yxatdan o‘tish va faoliyatni to‘xtatishni “tabiiy hol” deb atagan.

Mahkamaning qayd etishicha, joriy yilda turli sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning taxminan 95 foizi 2000-yillarda patent yoki guvohnomaga ega bo‘lishgan.
Shu bilan birga, Soliq qo‘mitasi 2015 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, respublikada xo‘jalik sub'yektlari soni 53,7 mingtadan ko‘proqni tashkil etishi, bu yil boshiga qaraganda 29,7 mingtaga ko‘p ekanini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: