Siyosatshunoslar: “arab bahori” mintaqa davlatlariga 830 mlrd dollarga tushdi

Iqtisodiyot 18:54 / 16.12.2015 9975

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga 2010-2014 yillar orasidagi “arab bahori” oqibatida yetkazilgan zarar 833.7 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu raqamni Dubayda o‘tayotgan Arab strategik forumi berdi.

“Arab bahori”ning narxi” hisobotiga ko‘ra, yo‘qotishlarning katta qismi infrastruktura hamda YaIMga yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar bilan bog‘liqdir – tegishli ravishda 461 va 289 mlrd dollar. Bundan tashqari, moliya bozorlarining yo‘qotishlari, chet el investitsiyalarining tushishi, turizm daromadining yo‘q bo‘lishi, qochqinlarga ketgan xarajatlar hisobga olindi.

“Arab bahori”ga qo‘shilamizmi, yo‘qmi, bundan qat'iy nazar, unga tsivilizatsion va tarixiy kontekstda qarash zarur. Axir u mintaqa rivojlanishining keskin to‘xtashiga, iqtisodiy imkoniyatlarning yo‘qotilishiga va infrastrukturaning vayron bo‘lishiga olib keldi, bularni yaratishga xalqlar o‘n yillar va hatto asrlar mobaynida sarflagan edilar”, - dedi forum raisi, BAA vazirlar kengashi ishlari bo‘yicha vazir Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy.

Ko‘proq yangiliklar: