Rossiyadan Markaziy Osiyoga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari hajmi 2,5 barobarga kamaydi

Iqtisodiyot 17:31 / 16.12.2015 2489

Rossiyadan Markaziy Osiyo davlatlariga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari hajmi 2015 yilning birinchi to‘qqiz oyida 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobarga kamaydi, deya ma'lum qildi Rossiya Markaziy banki.

Uchinchi chorakda Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga 725 million dollar yuborilgan bo‘lib, bir pul o‘tkazish amaliyotining o‘rtacha miqdori 482 dollarni tashkil etdi. 2015 yilning dastlabki yarmida o‘zbekistonliklar Rossiyadan o‘z uylariga 1,149 milliard dollar pul o‘tkazishgan. Bu esa 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 54,7 foizga ko‘p demakdir. Yanvardan sentabrga qadar esa O‘zbekistonga1,874 milliard dollar mehnat muxojirlari tomonidan yuborilgan.

MDH davlatlariga Rossiyadan umumiy miqyosda 2,2 milliard dollar chiqib ketgan bo‘lib, bu 2014 yilga qaraganda 2,8 barobar kam ko‘rsatkich sanaladi. Pul o‘tkazmalari hajmining kamayishi Rossiya milliy valyutasi kursining dollarga nisbatan tushib ketishi bilan bog‘lanmoqda.

Rossiya Federal migratsiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda RF hududida 1,8 million o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: