Qirg‘iziston iqtisodiyotini soyadan chiqarish uchun hukumat to‘lovlarning naqdsiz shakliga o‘tishga ko‘maklashadi

Iqtisodiyot 15:53 / 16.12.2015 2029

Qirg‘iziston iqtisodiyotini soyadan chiqarish uchun hukumat to‘lovlarning naqdsiz shakliga o‘tishga ko‘maklashadi.

Bu haqda parlament yig‘ilishi chog‘ida bosh vazir o‘rinbosari Oleg Pankratov bayonot berdi.

Deputat Osmonbek Ortiqboyevning savoliga javob berarkan, amaldor noqonuniy savdo aylanmasining rivojlanishiga sabab bo‘layotgan narsa korrupsiya darajasining yuqoriligi va litsenziya-ruxsatnoma tizimining murakkabligi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Shu munosabat bilan vazirlar mahkamasi fiskal islohot o‘tkazib, uning doirasidagi birinchi qadam sifatida 2016 yil 1 yanvaridan sotuvlar uchun soliqni bekor qiladi.

Ammo iqtisodiyotni soyadan chiqarishning asosiy instrumenti, Pankratovning fikricha, to‘lov operatsiyalarining naqd shakldan naqdsiz shaklga o‘tkazilishi bo‘ladi.

“Biz sizga naqd to‘lov amalga oshirilgan taqdirda sotuvlardan soliq undirishni, operatsiya naqdsiz o‘tgan taqdirda esa bunday soliqdan ozod qilinishini, ya'ni turli shakldagi to‘lovlarda soliqqa tortish ham farq qilishini ko‘zda tutadigan qonun loyihasini taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz”, - qayd qilib o‘tdi bosh vazir o‘rinbosari.

Ko‘proq yangiliklar: