OTB yaqin uch yilda Tojikistonga 240 mln dollar taqdim etadi

Iqtisodiyot 13:40 / 16.12.2015 1490

Osiyo taraqqiyot banki 2016-2018 yillarda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish hamda investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan struktur islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tojikistonga yangilangan dastur doirasida 240 mln dollar taqdim etadi.

“Mamlakat operatsion biznes rejasi OTB va Tojikistonning 2016-2018 yillardagi hamkorligi uchun taklif qilingan yangi strategiyasiga muvofiqlashtirilgan bo‘lib, ayni paytda yakuniy ishlanmalar olib borilmoqda”, - dedi OTBning Tojikistondagi doimiy vakili S. Yu.

“OTBning vazifalari – investitsion muhitni yaxshilash, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va mamlakat bo‘ylab ko‘proq ish o‘rinlari yaratishga ko‘mak berish”, - qo‘shimcha qildi u.

Uch yillik mamlakat operatsion biznes rejasi doirasida taqdim etiladigan indikativ investitsiyalarning umumiy hajmi 240 mln dollar bo‘lib, u o‘z ichiga bank tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan barcha loyihalarni oladi.

Ko‘proq yangiliklar: