Azimov: O‘zbekiston 60 mlrd dollarlik loyihalarni realizatsiya qiladi

Iqtisodiyot 13:38 / 16.12.2015 5719

O‘zbekiston islohotlar dasturini realizatsiya qilish doirasida keyingi 5 yil mobaynida umumiy qiymati 60 mlrd dollarni tashkil etadigan jami 900 investitsion loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va moliya vaziri Rustam Azimov ShHT davlatlari hukumat rahbarlari sammitidagi chiqishida ma'lumot berdi.

“Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov “2015-2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash”ni tasdiqladi. U 7 strategik dasturdan iborat bo‘lib, har biri O‘zbekistonning keyingi yillarda barqaror rivojlanishi uchun ishonchli zamin bo‘lib xizmat qiladi”, - ta'kidladi Azimov.

Ko‘rsatilgan dasturlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, davlat mulkini keng miqyosda xususiylashtirish, xususiy sektorni kengaytirish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish, korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida isloh qilish, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, shuningdek, zamonaviy infrastrukturani rivojlanishiga qaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: