2015 yilning 9 oyida O‘zbekiston davlat byudjyeti daromadi 26,34 trln so‘mni tashkil qildi

Iqtisodiyot 17:29 / 16.12.2015 2972

2015 yilning 9 oyligi prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat byudjyetining daromadi 100,2 foizga bajarilib, 26,34 trln so‘mni tashkil etdi. Yoki bu yalpi ichki mahsulotning 22,4 foizini tashkil qilmoqda, deb yozadi UzReport nashri Moliya vazirligiga bergan ma'lumotlarga tayanib.

O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda davlat byudjyeti daromadlari miqdori 16,6 foizga o‘sgan.

Shu jumladan, davlat soliq qo‘mitasiga 19,52 trln so‘m daromad yo‘naltirildi (prognoz ko‘rsatkichi bo‘yicha 100,1 foiz).

2015 yilda ayrim soliq stavkalari kamaytirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadigan soliqlar hisobiga aholi va korxonalarning daromadi 1008,4 mlrd so‘mga (18,7 foiz) oshdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 6388,2 mlrd so‘mni tashkil qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: