2013-2020 yillarda Moliya vazirligining «Byudjyet» axborot tizimi majmui ishlab chiqiladi

Iqtisodiyot 17:14 / 16.12.2015 4225

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ-1989 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida 2013-2020 yillarga mo‘ljallangan «Byudjyet» axborot tizimi majmui loyihasini tuzish va integratsiyalashuvini amalga oshirish bo‘yicha tegishli muddatlar belgilangan.

Yuqorida zikr etilgan qarorni amalga oshirish doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi №PQ-594 sonli «Davlat byudjyetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721 sonli «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlariga asosan, Moliya vazirligida zamonaviy telekommunikatsiya va server uskunalari negizida axborot-kommunikatsiya infrastrukturasi tuzildi. Asosiy va zaxira ma'lumotlar markazlari (ma'lumotlar markazlari) o‘rnatildi va ishga tushirildi. Byudjyet tashkilotlari va Moliya Vazirligi faoliyatini ta'minlovchi o‘zaro integratsiyalashgan qator axborot tizimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan: «Byudjyet» ATM, shu jumladan, byudjyet tashkilotlari hisobchilari faoliyatini qamrab oluvchi «O‘zASBO» dasturiy majmuasi, davlat byudjyetining g‘azna ijrosini ta'minlash bo‘yicha «G‘aznachilik» dasturiy majmuasi va boshqalar shular jumlasidan.

Hozirgi vaqtda «Byudjyet» ATMda Moliya vazirligining barcha bo‘linmalari (qariyb 4500 foydalanuvchi), shuningdek, 186000dan ko‘p shaxsiy hisob raqamlariga ega 25000dan ziyod byudjyet tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: