"O‘zbekenergo" 2023 yilga qadar 9 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan

Iqtisodiyot 22:15 / 15.12.2015 4003

O‘zbekiston prezidentining 2015 yil 4 martdagi «2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, energetika sohasida umumiy qiymati 8,9 milliard dollarlik 33 investitsiyaviy loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga chet el investitsiyalarini jalb etish va o‘zlashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilingan.

Ushbu loyihalar ishlab chiqarishga zamonaviy, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hisobidan havoga zararli gazlar chiqishini qisqartirish, shuningdek, mamlakatimiz energetika balansida qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini oshirishga qaratilgan. Bu loyiha doirasigi ishlar 2022 yilning oxirigacha tugallanishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tomonidan mavjud elektr stansiyalari keng ko‘lamli modernizatsiya va rekonstruksiya qilinmoqda, yangi elektr tarmoqlari va nimstansiyalar qurilmoqda, energetika obektlarining ishlab chiqarish quvvati kuchaytirilmoqda. Chunonchi, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent issiqlik elektr markazlarida zamonaviy texnologik qurilmalarning joriy etilishi samarasida mamlakatimiz energiya tizimining belgilangan quvvati 555 megavattga oshdi. Yillik gaz tejash ko‘rsatkichi esa 455 million kub metrni tashkil qilmoqda. Bundan tashqari, ayni paytda Tallimarjon, Toshkent, Taxiatosh, Navoiy issiqlik elektr markazlarida umumiy quvvati 1970 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalari qurilmoqda. Yuqori darajali texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega ushbu zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari yiliga 360 million kub metr yoqilg‘i tejash imkonini beradi.

O‘tkazilgan tadbirda energetika balansini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish maqsadida qayta tiklanadigan energiya manbalarini yanada joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Jumladan, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida yangi quyosh fotoelektrik stansiyalari qurilmoqda. Bundan tashqari, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati energetika resurslaridan oqilona foydalanish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish maqsadida 2020 yilga qadar mavjud 15 gidroelektr stansiyasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni rejalashtirmoqda. Buning samarasida ularning umumiy quvvati 200 megavattga oshadi.

Ko‘proq yangiliklar: