Qozog‘iston valyutasi tarixiy minimumini yangiladi

Iqtisodiyot 14:27 / 14.12.2015 6030

Tanganing o‘rtacha kursi Qozog‘iston fond birjasining ertalabki sessiyasida 322.47 tanga/1 dollarni tashkil qildi. Birja ma'lumotlaridan ko‘rinishicha, bu juma kungi sessiyadan 10.55 tangaga ko‘proqdir.

Shu tariqa, Qozog‘iston valyutasi tarixiy mimimumni yangiladi. Ilgarigi “rekord” shu yilning 9 noyabrida qayd qilingan bo‘lib, o‘shanda 1 dollar 321.65 tangani tashkil qilgan edi.
Dushanba kuni sotuvlar hajmi 166.1 mln dollarni tashkil qildi. Juma kungi ko‘rsatkich 138.2 mln dollarga teng bo‘lgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: