Neft narxi ketma-ket yettinchi sessiyada ham pastladi

Iqtisodiyot 12:43 / 14.12.2015 3120

Dunyo birjasida ketma-ket yettinchi sessiyada neft narxida pasayish kuzatildi. Bu haqda «Reyter» axborot agentligining Rossiya va MDH davlatlari uchun mo‘ljallangan nashri xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, Brent neft markasi 0,27 dollarga arzonlab bir barreli 37,66 dollarga tushib ketdi.

WTI markasi fyuchersi bo‘yicha narx 0,17 dollarga pasayib bir barrel uchun qiymat 35,45 dollarni tashkil qilmoqda.

Manbaning alohida qayd etishicha, Brent markasining narxi 2008 yildan buyon ilk marta 38 dollardan pastroq ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

OPeK neft qazib olishni cheklashni rad qilganidan keyin, 4 dekabrdan buyon har kuni ikkala etalondagi neft narxi pastlamoqda. O‘tgan olti sessiyadan keyin umumiy hisobda neft narxi 13 foizga arzonlashib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: