1 yanvardan O‘zbekistonda alkogol narxi oshadi

Iqtisodiyot 11:07 / 14.12.2015 11512

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 3 dekabrdagi qo‘shma qaror bilan 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining chakana va ulgurji narxlari oshiriladi.

Jumladan, yuqori quvvatga ega aroq va boshqa mahsulotlarning minimal ulgurji narxi 10.5 ming so‘m qilib belgilandi (ayni paytda 9 ming so‘m); chakana narx esa 12.6 ming so‘mni tashkil qiladi (bugungi narx – 10.9 ming so‘m).
Konyakning minimal ulgurji narxi 25.2 foizga oshib, bugungi 11.1 ming so‘mdan 13.9 ming so‘mga oshadi. Minimal chakana narx ham shunday proporsiyada oshib, 13.4 ming so‘mdan 16.7 ming so‘mga ko‘tariladi.

Vino narxi o‘rtacha 18 foizga ortib, minimal ulgurji narxi 3.8 ming so‘mdan 4.5 ming so‘mga, minimal chakana narxi esa 4.6 ming so‘mdan 5.4 ming so‘mga ko‘tariladi.
Pivo narxidagi o‘zgarishlar hozircha ko‘zda tutilmagan.
Ta'kidlanishicha, alkogol mahsulotlari minimal narxining oshirilishi bunday mahsulotlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amalga oshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: