Tabiiy gaz va neft ishlab chiqaruvchi Amerikaning yirik kompaniyalaridan biri hisoblanmish Hilcorp Energy o‘z xodimlariga kutilmagan sovg‘a tayyorladi. 1381 nafar xodim yil oxirida maoshdan tashqari 100 ming dollar qo‘shimcha mablag‘ oladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Fox News.
Forbes ning ma'lum qilishicha, besh yil muqaddam Hilcorp Energy ishlab chiqarishni ikki baravar oshirganida kompaniya rahbari milliarder Jyefri Xildebrand xodimlarining e'tiboriga ikkita tanlovni taklif qildi: 1. Ular 50 ming dollar olib, uni avtomobil sotib olishga sarflashadi. 2. 35 ming dollar olib, uni istagan narsalariga sarflashadi.
Joriy yilda, qiyin sharoitda ham Hilcorp ishlab chiqarish sur'atini yana bir bor ikki baravarga oshirdi — sutkasiga 150 ming barrel.
“Bu haqiqiy sovg‘a”, — dedi kompaniyada 10 yildan beri ishlayotgan kotiba Amanda Tomson.
AQSh kompaniyalaridan biri har bir xodimiga 100 ming dollardan mukofot puli ajratdi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25189
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34361