Xalqaro agentliklar Qirg‘izistonga birinchi marta kredit reytingi berishdi

Iqtisodiyot 15:39 / 11.12.2015 3015

Xalqaro agentliklar Qirg‘izistonga birinchi marta kredit reytingi berishdi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vazirligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, respublika Moody’s Investors Service va Standard & Poor’s agentliklaridan “V2 barqaror” va “V” suveren kredit reytinglarini olgan. Ta'kidlab o‘tish joiz, yirik investorlar biror mamlakatga kelishdan oldin uning iqtisodiy ahvolini aynan mana shu reytinglar asosida o‘rganib chiqadi.

Reytingning berilishiga mamlakatdagi tijoriy banklar va korxonalar ta'sir o‘tkazadi. Ularga asoslangan holda banklar kreditlash, sug‘urtalash, lizing va boshqalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: