Guardian: Suriyada shaurma solig‘i joriy etildi

Iqtisodiyot 11:44 / 11.12.2015 4776

Suriya hukumati to‘rt yillik fuqarolik urushi oqibatida bo‘shab qolgan g‘aznani to‘ldirish maqsadida shaurmaga soliq solmoqchi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.

Aytilishicha, hukumat neft va gaz konlarining katta qismi ustidan nazoratni yo‘qotgani va sanksiyalarga duch kelganidan buyon mahalliy valyuta keskin tushib ketib, fuqarolarning daromadlari misli ko‘rilmagan darajada pasaygan.

“O‘tgan hafta shaurma uchun 220 Suriya funti (1 dollar) to‘lashimga to‘g‘ri keldi, odatda uning narxi 200 funtni tashkil qilardi. Restoran egasining aytishicha, har bir shaurmaga nisbatan yangi o‘n foizlik soliq joriy qilingan”, - dedi Damashqda yashovchi 50 yoshl Taxsin ismli kishi.

Shuningdek, turizm vazirligi restoran solig‘ini joriy qilgan. Hukumat non subsidiyalarini qisqartirib, suv va elektr energiyasi narxini oshirib yuborgan.
Iqtisodiy jurnalist Jihod Yozig‘iyning e'tirofiga ko‘ra, bunday choralar Suriya iqtisodiyotini halokatdan qutqara olmaydi: davlat xarajatlarini qisqartirib boraveradi, fuqarolar kambag‘allashib boraveradi, natijada aholining aksariyat qismi mehnat muhojirlariga aylanadi, ko‘plar mamlakatni butunlay tark etishga majbur bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: