O‘zbekiston 2020 yilgacha energetika sohasiga 8,9 mlrd dollar mablag‘ yo‘naltiradi

Iqtisodiyot 21:44 / 10.12.2015 3673

Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda istiqbolli loyihalarni amlga oshirishda “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarishda zamonaviy, yuqori samarali texnologik uskunalarni qo‘llash va energiya balansida muqobil energiyalar manbalari ulushini oshirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilayotganini ta'kidlab o‘tildi.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘z oldidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun katta miqdordagi mablag‘larni, iste'mol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar orqali to‘lovlar hajmini oshirishni talab etish haqida ham to‘xtaldi.

"Ma'lumki, tabiiy boyliklarni iloji boricha asrab-avaylash, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida ishlab chiqarilgan va iste'molga yuborilgan elektr energiyasini samarali qo‘llash jahon miqyosida ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Bunga asosan, jamiyatimiz tomonidan energetika tizimining mustahkamligi va barqarorligini yanada oshirish maqsadida podstansiyalarni, elektr energiyasi tarmoqlarini hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish siyosati olib borilmoqda. Masalan, Navoiy, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalarida, Toshkent issiqlik elektr markazida zamonaviy texnologiya uskunalari tatbiq etilgani, modernizatsiyalash natijasida jami ishlab chiqarish quvvati 555 megavattga ko‘tarildi. Ayni paytda 455 million kubometr tabiiy gaz tejab qolindi.

Bugungi kunda jamiyatning ishlab turgan bir necha elektr stansiyalarida, xususan, Toshkent, Tollimarjon, Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida umumiy quvvati 1970 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz uskunalarini qurish ishlari olib borilmoqda. Ishga tushirilgan bunday bug‘-gaz uskunalari yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichga ega bo‘lib, har bir issiqlik elektr stansiyasida yiliga 360 million kubometr hajmdagi yoqilg‘i tejaladi.

Ona zamin ne'matlari hisoblangan tabiiy boyliklarni asrash maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish, ayniqsa, quyosh energiyasi manbasini o‘zlashtirish bo‘yicha fotoelektrik quyosh stansiyalarini Samarqand, Namangan, va Surxondaryo viloyatlarida qurish ishlari olib borilmoqda. Energiya zaxiralaridan samarali foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yuzasidan 2020 yilga qadar 15ta ishlab turgan GESlarni modernizatsiyalash rejalashtirilgan. Ana shunda GESlarning quvvati 200 megavattga oshib, 600 million kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 250 million kubometr tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Bu sa'y-harakatlar iste'molchilarning elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlanishiga, energetika tizimi faoliyatining yanada mustahkamlanishiga, respublikamiz elektr energiyasi eksport salohiyatining yanada oshishiga zamin yaratadi", deyiladi “Turkiston press” xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: