O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi yolg‘on ish takliflaridan ogohlantirdi.

Foto: Kun.uz
So‘nggi paytlarda ayrim firibgar shaxslar O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyada yuqori maoshli ish taklif qilib (asosan fuqarolarning tanish-bilishlari orqali), ularni aldash holatlari ko‘paymoqda.
Ushbu shaxslar ishga joylashish, uy-joy va qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yolg‘on va’dalar berib, vatandoshlarni og‘ir ahvolga solmoqda.
Agar noqonuniy mehnat faoliyati boshlansa yoki firibgarlar tomonidan aldanilsa, quyidagi muammolarga duch kelish mumkin:
- ish haqi va’da qilinganidan ancha kam to‘lanishi yoki umuman berilmasligi;
- ish sharoitlari og‘ir yoki yomon bo‘lishi;
- ish beruvchi tomonidan noqonuniy ekspluatatsiya va haqorat;
- Turkiyada noqonuniy mehnat qilish oqibatida deportatsiya va jarimalar;
- Turkiyaga kelgandan so‘ng, aeroportda kutib olish va’da qilinib, pul o‘zlashtirilgandan keyin vositachining g‘oyib bo‘lishi.
Yuqoridagi holatlarda vatandoshlar va ish taklif qilgan shaxslar o‘rtasida hech qanday rasmiy hujjat mavjud bo‘lmagani sababli firibgarlarni javobgarlikka tortish juda qiyin bo‘ladi.
Turkiyada ishlash uchun chet ellik fuqarolar maxsus ruxsatnoma — ish ruxsatnomasiga (Çalışma İzni) ega bo‘lishlari shart.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Jahon | 11:51
-
Bill Geyts fondi 2045 yilgacha 200 mlrd dollarni xayriya qiladi
Jahon | 11:39
-
«Yuksalish» harakati ko‘p qavatli uylarni boshqarishda ko‘plab kamchiliklarni aniqladi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha yagona malaka talablari ishlab chiqiladi
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025