Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
Muqaddam Prezident administratsiyasi rahbari bo‘lgan Nizomiddinov oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 7 aprel kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalarga to‘xtalgan. Jumladan, xizmatlar, investitsiya, budjet tushumlarini ta’minlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda ekani ta’kidlangan.
2023 yil dekabridan buyon ushbu tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Do‘stbekov «yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari» uchun lavozimidan ozod etilgan.
Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Zaynilobiddin Nizomiddinov nomzodini tavsiya qilgan va xalq deputatlari nomzodni hokimlikka tasdiqlagan.
Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018–2022 yillarda Prezident administratsiyasiga rahbarlik qilgan. 2022 yil 8 iyun kuni u salomatligidagi muammo tufayli lavozimidan ozod etilgandi. Oradan bir oy o‘tib O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 08:20
-
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?
Jamiyat | 07:46
-
Isroilning G‘azoga havo hujumlari: 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025