Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
2023 yil fevralidan buyon Sirdaryo viloyati SSB boshlig‘i bo‘lgan Xurshid Hakimov ishdan ketgan, uning o‘rnini Sanjar Xudoyberdiyev egallagan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Sanjar Sobirovich Xudoyberdiyev Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sanjar Xudoyberdiyev 2008 yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 2008–2010 yillarda klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasida shifokor-jarroh sifatida boshlagan.
Turli yillarda Sirdaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘lim mudiri, davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshlig‘i kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S.Xudoyberdiyev tayinlovga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
U Sirdaryo SSB boshlig‘i lavozimida 2023 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Xurshid Hakimov o‘rnida ish boshladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025