Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi
Uzoq vaqt davomida kompozitsiyaviylik, ya’ni alohida ma’noli elementlarni murakkab tuzilmalarga birlashtirish qobiliyati - faqat insonga xos deb hisoblanar edi. Ammo yangi tadqiqot bu fikrni inkor qildi: olimlar bonobo maymunlari ovozli muloqotda xuddi shunday kompozitsiyaviylikdan faol foydalanishini aniqlashdi.

Foto: vokrugsveta.ru
Science jurnalida chop etilgan maqolada aytilishicha, tadqiqotchilar bir necha yil davomida Kongo Demokratik Respublikasidagi Kokolopori qo‘riqxonasida yovvoyi bonobo maymunlari ustidan kuzatib borishdi. Ular alohida ovozlar va ularning birikmalarining ma’nosini aniq tarzda shifrlash uchun noyob metodika yaratishdi. Ovozli signallarning o‘zidan tashqari, ularning qachon va qanday sharoitda ishlatilganiga ham e’tibor qaratildi. Ovoz chiqarishdan oldin va keyin maymunlar qanday tutgani, atrofda yirtqichlarning mavjudligi kabi 300 dan ortiq parametr hisobga olindi.
Olimlar natijada bonobolar «lug‘ati»ni tuzishga muvaffaq bo‘lishdi — bu ushbu turdagi maymunlar tomonidan qo‘llaniladigan barcha ma’lum ovozlarning ma’nolarini tizimli ravishda tasniflash bo‘yicha ilk urinishdir. Keyin esa ular ovozlarning birikmalarda qanday qo‘llanilishini tekshirishdi: birikma umumiy ma’nosi undagi alohida qismlar ma’nolariga bog‘liqmi-yo‘qmi? Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p hollarda birikmaning ma’nosi alohida ovozlar ma’nolarining yig‘indisiga bog‘liq bo‘lgan — bu esa kompozitsiyaviylikning asosiy belgisidir.
Bundan tashqari, ba’zi ovoz birikmalari nooddiy kompozitsiyani namoyon qilgan — ya’ni bir ma’no ikkinchisini modifikatsiya qilgan holatlar kuzatilgan. Bu inson tilida uchraydigan holat — masalan, «yomon raqqos» iborasida «yomon» sifati insonni emas, uning raqqos sifatidagi qobiliyatini baholaydi. Hayvonlar orasida bunga o‘xshash tuzilmalar avval hech qachon ishonchli tarzda qayd etilmagan edi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatmoqdaki, bonobolar tomonidan ishlatiladigan barcha ovozlar hech bo‘lmaganda bitta kompozitsion birikmada uchraydi — inson tilida so‘zlar qanday bo‘lsa, xuddi shunday. Bu esa kompozitsiyaviylik faqat insonga xos xususiyat emas, balki ancha qadimiy fenomen ekanini anglatadi.
Bu kashfiyot til paydo bo‘lishiga yangi yondashuvni taklif etadi va nutq qanday rivojlanganini tushunish yo‘lida navbatdagi qadam hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

11:30 / 24.03.2025