O‘zbekiston BAAga quruq mevalar eksportini kengaytiradi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Toshkent shahridagi Diamond hills kompaniyasi va BAAning ECO garden foodstuff trading LLC kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi.
Xorij tomoni mamlakat qishloq xo‘jaligini isloh qilish, sohaga bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’yektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan muayyan ishlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistondan keng turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini BAA bozoriga eksport qilish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan muzokaralar natijasida Diamond hills va ECO garden foodstuff trading kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekistondan quruq mevalarni eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid

03:00 / 08.05.2025
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

18:59 / 06.05.2025