Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi
GPT-4.5 sun’iy intellekti tajribada ishtirok etgan 73 foiz odamni o‘zining haqiqiy inson ekaniga ishontirdi.

Foto: Unsplash
Kaliforniya universiteti olimlari keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazib, sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib olganini ma’lum qildi. GPT-4.5 Tyuring testida 73 foiz ishtirokchini o‘zining inson ekaniga ishontirdi.
Tajriba San-Diyegoda o‘tkazildi. Unda to‘rtta sun’iy intellekt tizimi (LLaMa-3.1−405B, GPT-4o, GPT-4.5, ELIZA) va 284 kishi ishtirok etdi. Tarjiba doirasida ularga besh daqiqalik muloqotdan keyin ikki suhbatdoshdan qaysi biri bot ekanini aniqlash taklif qilindi.
Natija kutilganidan ham yuqori chiqdi: GPT-4.5 73 foiz holatda muvaffaqiyatga erishib, 73 foiz ishtirokchini o‘zining tirik ekaniga ishontirdi. LLaMA-3.1 modeli esa suhbatdoshlarning 56 foizini aldadi, GPT-4o va ELIZA’ni bo‘lsa, mos ravishda 21 va 23 foiz ishtirokchi haqiqiy insondan farqlay olmadi.
Mutaxassislarning fikricha, GPT-4.5 neyrotarmog‘ining muvaffaqiyatiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan omil – bu personallashtirish. Sun’iy intellekt o‘zini internet madaniyati va jargonidan xabardor yosh introvert sifatida namoyon qilganida, foydalanuvchilar unga ko‘proq ishonishgan. Bunday moslashuvsiz uning muvaffaqiyat darajasi atigi 36 foziga tushgan.
Ta’kidlanishicha, bunday natijalar ma’lum ijtimoiy xavflarni keltirib chiqaradi. Sun’iy intellekt allaqachon yozishmalarda odamlarni almashtira oladi — bu mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan tortib ijtimoiy tarmoqlargacha keng qamrovli sohalarga taalluqli. Romantik chat-botlar, soxta do‘stlar va avtomatlashtirilgan trollar – bularning barchasi haqiqatga aylanmoqda. Biroq boshqa tomondan, muloqotni talab qiladigan kasblarni avtomatlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Hozirga qadar birorta tizim uch tomonlama klassik testdan barqaror o‘ta olmagan — unda neyrotarmoq inson bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bahslashadi. GPT-4.5 buni uddalagan birinchi sun’iy intellekt bo‘di. Ammo olimlarning fikricha, bu sun’iy intellekt «aqlli» bo‘lib qolganini anglatmaydi. Tyuring testi intellektni emas, balki odam taqlid qilish imkoniyatini tekshiradi.
Mavzuga oid

21:41 / 08.05.2025
Sun’iy intellekt 2 ming yillik tarixiy o‘ramni virtual tarzda ochdi va o‘qidi

18:00 / 08.05.2025
AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi

13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi

18:59 / 06.05.2025