Armaniston va Ummonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
Armaniston Starlink'dan internetga ega bo‘lgan dunyoning 130-mamlakati bo‘ldi.

Foto: Global Look Press
Armaniston Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirgan dunyodagi 130-mamlakatga aylandi. Bu haqda kompaniyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, kompaniya faoliyati Ummonda ham yo‘lga qo‘yildi. Ilon Maskning loyihasi bu mamlakatlarning yirik shaharlarida ham, borish qiyin bo‘lgan burchaklarida ham «tezkor va barqaror internet» bilan ta’minlay oladi.
Fevral oyi boshida Janubiy Afrikaning hukmron koalitsiyasida Maskning SpaceX kompaniyasi Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini ishga tushirishi bo‘yicha u mamlakatning «irqchilik qonunlari» haqida gapirganidan keyin bo‘linish yuzaga keldi. Janubiy Afrikaning telekommunikatsiya sohasidagi xorijiy investorlar faoliyatiga ruxsat olish uchun qora tanli fuqarolarga tegishli bo‘lgan korxonalarga o‘z loyihalarining 30 foizini taqdim etishlari kerak.
Shu munosabat bilan hukmron koalitsiya SpaceX va uning Starlink tizimi uchun istisno borligi yoki yo‘qligini muhokama qila boshladi. Shu fonda AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda inson huquqlari buzilgani haqidagi da’volar bo‘yicha tergov o‘tkazilgunga qadar AQSh Janubiy Afrikaga barcha moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

13:19 / 10.03.2025
Mask: Starlink hech qachon Ukrainadagi o‘z terminallarini o‘chirib qo‘ymaydi

23:45 / 23.02.2025
Ilon Mask Ukraina Starlink tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi

23:10 / 22.02.2025
Starlink internetining yopilishi Ukraina uchun falokatli bo‘lmaydi – ekspert

16:20 / 02.02.2025