Jahon | 14:33 / 27.03.2025
5713
2 daqiqa o‘qiladi

Tayvan harbiy-dengiz kuchlari kemasi Xitoy kemasi bilan to‘qnashib ketdi

Tayvan harbiy-dengiz kuchlari: harbiy kema Xitoyning baliqchi kemasi bilan to‘qnashib ketdi.

Foto: Daniel Ceng/AP

Tayvan harbiy-dengiz kuchlari kemasi Xitoy baliqchi kemasi bilan to‘qnashdi, deb xabar bermoqda orol harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, olingan zarar esa kemalar harakati xavfsizligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

«Chjunxe» harbiy kemasi 27 mart kuni topshiriqni bajarayotib, Xitoyning «Minlyanyuy 61756»  baliq ovlash kemasi bilan Taychjun shahri portidan taxminan 45 dengiz milyasi (83,3 km) uzoqlikda to‘qnashib ketdi», — deyiladi Tayvan harbiy-dengiz kuchlari bayonotida.

Avvalroq orol harbiy-dengiz kuchlari Tayvanga bir necha kema va 30 ta Xitoy armiyasi samolyoti yaqinlashgani haqida xabar bergan edi.

Idoraning ta’kidlashicha, 23 ta samolyot orol va Xitoyni ajratib turuvchi Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘rta chiziqni kesib o‘tib, havo mudofaa zonasiga kirgan. Nashrda qayd etilishicha, orol davlati harbiylari «shunga mos tarzda reaksiya bildirgan».

Mavzuga oid