Rossiya Suriyaning yangi ma’muriyatiga ilk bor neft yetkazib berdi
Suriyaga Rossiyadan neft va dizel yonilg‘isi yuklangan tankerlar yetib keldi. Damashqning aytishicha, bu Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin mamlakatga birinchi neft yetkazib berilishidir. Boshqa eksportchilar Suriyaga neft yetkazib berishga shoshilmayapti.

Foto: AFP/Getty Images
Rossiya nefti yuklangan «soyadagi flot»ning neft tankeri Suriyaga yetib keldi. 21 mart, juma kuni xalqaro OAV xabariga ko‘ra, bu Damashqning yangi hokimiyatiga neft yetkazib berishning birinchi holatidir.
Rossiya Suriyaga neft va dizel yonilg‘isi yetkazib berdi
Suriyaning SANA axborot agentligi 21 martga o‘tar kechasi Baniyasdagi dengiz terminaliga «ozod qilinganidan beri, ya’ni Bashar Asad ag‘darilganidan keyin birinchi neft tankeri» yetib kelgani haqida xabar berdi. O‘rta Yer dengizi sohilidagi Baniyas shahrida Suriyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodi joylashgan. U yerda neft mahsulotlari bilan ishlaydigan elektr stansiyasi ham bor.
SANA axborot agentligining xabar berishicha, yetib kelgan tanker Aquatica deb nomlangan va bortida 99 771 tonna neft bo‘lgan. Aquatica Greenpeace tomonidan yuritiladigan Rossiya Federatsiyasining «soyadagi floti» kemalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Reuters xabariga ko‘ra, Aquatica rus neftini olib borgan. Agentlikning yozishicha, Sakina nomli yana bir tanker Baniyasga 25 mart kuni yetib kelishi kerak. Unda 100 ming tonnaga yaqin rus nefti bor. Ikkala kema ham fevral oyida Murmanskda yuklangan. Ikkalasi ham Bayden ma’muriyati tomonidan yanvar oyida joriy etilgan AQSh sanksiyalari ostida.
Mart oyi boshida Reuters agentligi Rossiya Suriyaning yangi rasmiylariga ilk bor dizel yonilg‘isi yetkazib bergani haqida yozgan edi. U bilan birga ikki tanker — AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan Prosperity va Proxima ham Baniyasga yetib keldi. Bu 2013 yildan beri Rossiyadan Suriyaga dizel yonilg‘isining birinchi yetkazib berilishidir.
Mavzuga oid

20:23
Ular nihoyat erkin, ammo ulkan to‘lov to‘lashdi - Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?

18:34 / 22.03.2025
Suriyaning yangi rasmiylari Rossiyadan Bashar Asadni topshirishni so‘radi

16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi

14:33 / 22.03.2025