Shavkat Mirziyoyev Iykota mahallasida qurilgan yangi maktabni ko‘zdan kechirdi
Pedagoglar bilan muloqotda prezident axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yo‘nalishlarni kengaytirish kerakligini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Bektemir tumaniga tashrifi chog‘ida Iykota mahallasida bo‘lib, qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bu yerdagi 37 ta ko‘p qavatli uy va 1 ming 400 ta hovlida 6 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
O‘tgan yili uch qavatli mahalla idorasi foydalanishga topshirilgan edi. Endi davlat budjeti hisobidan 358-umumta’lim maktabi qurilgan. Prezident ushbu yangi muassasani ko‘zdan kechirdi.
Qariyb ming o‘rinli maktabda fan xonalari, kompyuter va xorijiy til xonalari, robototexnika to‘garagi, laboratoriya zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. Kutubxona, sport zali, futbol maydoni va oshxonada bolalar uchun keng qulayliklar yaratilgan.
Pedagoglar bilan muloqot chog‘ida bolalarning qobiliyatini to‘g‘ri shakllantirish, kasbiy ta’limni rivojlantirib, bitiruvchilarni kasb-hunarli qilib hayotga yo‘llash muhimligi ta’kidlandi. Xususan, axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik kabi yo‘nalishlarni kengaytirish, o‘smirlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini kuchaytirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.
«Mahalladagi yangi uylarning birinchi qavatlarida ikkita xususiy bog‘cha tashkil etilgan. Ular Navro‘z arafasida ochilgani ota-onalar uchun bayramona tuhfa bo‘ldi. Mahallada 70 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 2 ta ishlab chiqarish korxonasida ko‘pchilik ro‘zg‘or tebratyapti. Prezidentimiz farmoyishi bilan e’lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida tomorqadan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish qizg‘in davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:58 / 21.03.2025
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?

15:54 / 21.03.2025
Putin Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

10:33 / 21.03.2025