Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Uni izchil kengaytirish uchun katta imkoniyat va salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Qayd qilinishicha, tez orada O‘zbekiston va EI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitim imzolanadi.
Transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, qishloq va suv xo‘jaligi, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
O‘ta muhim mineral resurslarni qayta ishlash sohasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda joriy yil aprel oyi boshida Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo - YeI» birinchi sammiti va Iqlim forumini tashkil etish hamda o‘tkazish jihatlari ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid

20:33 / 19.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan JSTga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlash masalasini muhokama qildi

20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

17:00 / 19.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

12:03 / 19.03.2025