O‘zbekiston | 09:47 / 17.03.2025
13208
2 daqiqa o‘qiladi

Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

Abduqahhor Mullajonov tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

A.Mullajonov tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Abduqahhor Mullajonov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, keyinroq Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017–2018 yillarda Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlagan.

U 2018 yil iyulida Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, 2021 yil apreli Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan. 2023 yilning sentabr oyidan beri Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. 

Azamat Mirzayev 2023 yil noyabridan buyon Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid