O‘zbekiston | 09:32 / 15.03.2025
1199
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda daryodan qum qazib olganlar 78 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Surxondaryo viloyatidagi Surxon daryosidan qum qazib olganlar jami 78 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi. 

Foto: Ekologiya boshqarmasi

Viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berishicha, Ekologiya boshqarmasi va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida viloyat bo‘ylab tungi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Tezkor tadbirlar davomida Jarqo‘rg‘on tumani Yangi usul mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Surxon daryosi bo‘yida noqonuniy qum qazish holati aniqlandi.

Jarqo‘rg‘on tumani Dam mahallasi fuqarosi B.Yu. o‘z boshqaruvidagi frontal yuklagich yordamida qum xomashyosini noqonuniy ravishda yuklayotgan bo‘lgan. Shuningdek, A.S. va Polvonlar yurti mahallasi fuqarosi T.I. esa o‘z boshqaruvidagi “KamAZ” va Howo rusumli yuk mashinalariga ushbu qumni ortib ketayotgan bo‘lgan. 

Tadbir davomida ushbu qonunbuzarlik holati rasmiylashtirilib, barcha shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy choralar ko‘rildi.

Har bir qoidabuzarga 11 million 250 000 ming so‘m (BHMning 30 barobari) miqdorida jarima belgilanib, tabiatga yetkazilgan 45 million so‘m zarar hisoblandi. Jami hisobda 78 million 750 000 so‘m miqdorida ma’muriy chora ko‘rildi.

Mavzuga oid