O‘zbekiston | 16:16
985
1 daqiqa o‘qiladi

Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi.

Foto: Kun.uz

2025/2026 o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi.

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;

- Matematika x 10 ta;

- O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

- 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball

- 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ga teng bo‘ladi.

Mavzuga oid