Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi
O‘rnatilgan stansiyalar havo ifloslanishini yuqori darajadagi aniqlikda o‘lchash bo‘yicha patentlangan texnologiyalarga ega.

Foto: Zamin Foundation
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda «Zamin» xalqaro jamoat fondi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida havoni monitoring qiluvchi 2 ta avtomatik stansiya o‘rnatildi va ishga tushirildi.
Qayd qilinishicha, bu «Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish» loyihasi doirasida amalga oshirildi. O‘rnatilgan stansiyalar havo ifloslanishini yuqori darajadagi aniqlikda o‘lchash bo‘yicha patentlangan texnologiyalarga ega.
Ta’kidlanishicha, avtomatik stansiyalarni o‘rnatish joyini tanlash turli omillarga bog‘liq. Ular orasida aholi zich joylashgan hududlar, asosiy yo‘llar va transport magistrallari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar muhim o‘rin tutadi. Bu o‘z navbatida aholi turmush sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun aniq ma’lumotlar to‘plash va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Xabarga ko‘ra, Gidrometeorologiya agentligi xodimlari stansiyalardan kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, uskunalar va dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha muntazam ravishda o‘qitilmoqda.
Mavzuga oid

16:30
Toshkentga tramvayni qaytarish bo‘yicha yana bir “yo‘l xaritasi” imzolandi

14:39
Toshkentda uch bolasi bilan tilanchilik qilib yurgan ayol qo‘lga olindi

20:21 / 12.03.2025
Qashqadaryoda 103 tup daraxt noqonuniy kesildi

16:46 / 12.03.2025