Germaniya «Rosneft» shu’ba korxonasi ustidan ishonchli boshqaruvni uzaytirdi
Germaniya hukumati Rosneft Deutschland kompaniyasini ishonchli boshqarish muddatini 10 sentabrgacha uzaytirdi.

Foto: Patrick Pleul/dpa-Zentralbild/picture alliance
Germaniya hukumati «Rosneft» shu’ba korxonasi Rosneft Deutschland'ni ishonchli boshqarish muddatini 2025 yil 10 sentabrgacha uzaytirdi. Bu haqda 6 mart, payshanba kuni Germaniya iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vazirligi ma’lum qildi.
«Qarorning amal qilish muddati uzaytirilishi bilan Federal tarmoq agentligi (Bundesnetzagentur) Rosneft Deutschland hamda PCK Schwedt, Miro (Karlsrueda) va Bayernoil (Foburg-Dunayda) uchta neftni qayta ishlash zavodlaridagi tegishli ulushlarni nazorat qiladi», — deyiladi AFP xabarida.
«Ta’minot xavfsizligini ta’minlash federal hukumat uchun asosiy masala bo‘lib qolmoqda», — dedi iqtisodiyot vazirining parlament stats-kotibi Mixael Kelner.
Uzaytirish uchta neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishni davom ettirish va ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
«Rossiya tomoni sotuv bo‘yicha muzokaralarni yakunlashi kerak»
Kelner Rossiya davlat kompaniyasi "Rosneft" yaqin orada Rosneft Deutschland'ni sotishini kutmoqda, deb xabar berdi AFP. Germaniyadagi shu’ba korxona Shvedtdagi PCK Raffinerie neftni qayta ishlash zavodining nazorat paketiga ega.
«Biz Rossiya tomoni sotish bo‘yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlashini kutmoqdamiz; mulkchilik tuzilishiga oid aniqlik neftni qayta ishlash zavodlarini yanada rivojlantirish uchun muhim», — deya ta’kidladi Kelner.
Rosneft Deutschland hissasiga 2024 yil sentabr holatiga ko‘ra Germaniya neftni qayta ishlash quvvatining qariyb 12 foizi to‘g‘ri keladi va bu uni ushbu sohadagi eng yirik kompaniyalardan biriga aylantirdi.
Mavzuga oid

12:45
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025