Zelenskiy Ukraina va AQSh delegatsiyalari uchrashishini e’lon qildi
Fox News jurnalistining ma’lum qilishicha, ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar 11 mart kuni Ar-Riyodda boshlanadi.

Foto: president.gov.ua
Keyingi hafta Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Ukraina va Amerika jamoalari ishni qayta tikladi va biz keyingi hafta mazmunli uchrashuv o‘tkazilishiga umid qilamiz», — deb yozadi Zelenskiy.
Fox News jurnalisti Jyeki Xaynrixning qayd etishicha, muzokaralar 11 mart kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda boshlanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan muzokaralarda davlat kotibi Marko Rubio, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uols va Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etadi. Ukraina tomonidan esa muzokaralarda prezident ofisining rahbari Andrey Yermak qatnashadi.
Oldinroq Mayk Uols Vashington va Kiyev vakillari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish sanasi, joyi va ishtirokchilarini muhokama qilayotganini aytgan edi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Uols bilan telefon orqali muloqot qilganini bildirdi. «Adolatli va mustahkam tinchlik sari keyingi qadamlarni muhokama qildik. Shuningdek, xavfsizlik masalalari hamda Ukraina va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar doirasida pozitsiyalarni kelishish bo‘yicha fikr almashdik. Ushbu muhim ishni davom ettirish uchun jamoalarimiz yaqin vaqtlar ichida uchrashishiga kelishib oldik», — dedi u.
Mavzuga oid

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59
Frontdagi vaziyat: Moskva Kursk oblastidagi jiddiy yutuqlari haqida e’lon qilmoqda

16:37